"Milan"ga "Vest Xem" himoyachisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Vest Xem" markaziy himoyachisi Issa Diop "Milan" qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Frantsiya OAVlari xabar bermoqda.
"Milan" tizzasidan jiddiy jarohat olib, mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan Simon Kerning o'rniga o'rinbosar topishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, qayd etilishicha, “Vest Xem” Diopni “San-Siro”ga qo'yib yuborishni istamayapti, chunki “bolg'achilar”ning himoyada ham jiddiy kadrlar muammosi bor (Kurt Zuma 3 oyga safdan chiqqan edi).
"Milan" Diopdan tashqari "PSJ" markaziy himoyachisi Abdu Diallo nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335