Rasman! "Benfika" bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Benfika" jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Jezus bilan hamkorlikni to'xtatdi. Bu haqda “burgutlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani yirtib tashlashgan. Oldinroq Jezus "Benfika"ning bugungi mashg'ulotiga kelmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu bilan birga, "Benfika" Jesusga yangi ish topmaguncha maosh to'lashda davom etishi ma'lum. Eslatib o'tamiz, Xorxe Jezus boshchiligida "Benfika" Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo'l oldi va u erda "Ayaks"ga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339