Rasman! "Barselona" uzoq kutilgan transferni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311

"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torresni sotib olganini e'lon qildi.
Futbolchi bilan shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Unda 1 milliard evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan.
Torresning taqdimoti 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Xabar qilinishicha, transfer summasi 55 + 10 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Torres “Siti”da 2020 yil avgustidan buyon o'ynab kelayotgan edi. U jamoa safida 43 o'yinda 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339