Torres "Barselona" uchun eng qimmat ispaniyalik bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torres yaqin orada "Barselona" a'zosiga aylanadi.
Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, Torresning transferi klub uchun 55 million evroga tushadi, bu "Barselona" 2010 yilda David Vilya uchun to'lagan 40 millionlik transferidan oshib ketadi. Uchinchi o'rindagi Sesk Fabregas bilan 2011 yilda 34 million evro evaziga shartnoma imzolangan.
Xabarlarga ko'ra, forvard kecha jamoa uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tez orada kelishuv rasman e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
544