"Sporting" "PSJ" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Sporting" "PSJ" yarim himoyachisi Pablo Sarabiyani o'zida saqlab qolmoqchi. Bu haqda frantsuz matbuoti xabar bermoqda. Hozir futbolchi Portugaliya klubida ijara asosida o'ynamoqda.
To'g'ri, "Sporting" Sarabiya uchun kerakli summani to'lashga qurbi etmaydi va parijliklardan chegirma so'rayapti. Transfermarkt futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Sarabiya 23 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
543