Savichning «MYu» va «PSJ»ga o'tish ehtimoli qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Latsio» yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning otasi Nikola o'g'lining «Manchester Yunayted» yoki «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Bu mish-mishlar doimo paydo bo'lib kelgan, ammo prezident Lotito buni inkor qildi. Sergey Rimda baxtli va jamoada qolishga tayyor», - deydi Nikola Milinkovich-Savich.
Oldinroq serbni «PSJ» sport direktori Leonardo o'z jamoasiga taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum A Seriya va Evropa Ligasida 25 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394