Rangnik: «De Xea — shubhasiz dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

«Manchester Yunayted» ustozi Ralf Rangnik darvozabon David De Xeaning «Nyukasl»ga qarshi ko'rsatgan o'yinini (1:1) maqtadi.
Ispaniyalik darvozabon kecha ajoyib seyvlarni amalga oshirdi va shu tariqa jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
«O'ylaymanki, avvalgi o'yinlarda biz yaxshiroq harakat qildik. Biroq eski uslubga qaytganimiz ma'qul. Axir 2:2 bo'lishi ham mumkin edi. David De Xea tomonidan ikki yoki uchta fantastik seyv bo'ldi.
Biroq bizda ikkinchi golni urish uchun ham imkoniyatlar bo'ldi. Devid shubhasiz dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U buni «Norvich» va «Nyukasl»ga qarshi o'yinda ko'rsatdi», — deydi Rangnik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
407