Gari Nevill Ronaldu va Fernandeshni tanqid qilib, Kavanini maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Manchester Yunayted" klubi sobiq sardori Gari Nevill jamoa etakchilari — Krishtianu Ronaldu va Brunu Fernandeshni "Nyukasl"ga qarshi bahsdagi (1:1) harakatlarini tanqid qildi.
"Jamoaning ikki etakchisi yomon o'ynayotganini ko'rish yosh futbolchilar uchun juda yomon holat. Kavani esa bunday qilmayapti. Ronaldu yoki Brunu Fernandeshning maydonda ekani uni qo'rqitmayapti. U yoshlarga yordam berish uchun jamoaga kelgan va u maydonda bo'lishi kerak. Oxir-oqibat futbolchilar, qanday o'ynaganlaridan qat'i nazar, muxlislar oldiga borib minnatdorchilik bildirishlari lozim. Tanaffusga qadar hech bir o'yinchi o'z ishini yaxshi bajarganini ayta olmasdi. Ularning o'yinida elementar narsalar yo'q edi. Ular bir-birlariga shikoyat qilishmoqda. Ular doimo qo'llarini ko'targan holda nimadandir shikoyat qilishdi. Men aniq ismlarni aytmayman. Ular barcha duellarda mag'lub bo'lishdi. Bu esa yomon o'yin bo'ldi", — dedi Nevill.

Bosh sahifaga
406