"Chelsi" yana foydali xaridni amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini Londonning boshqa jamoasida davom ettirishi kutilmoqda.
"Football London" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "aristokratlar" "Vest Xem" safida harakat qilayotgan Angliya terma jamoasi a'zosi, yarim himoyachi Deklan Raysni yozda o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy harakat qiladi. Xabar qilinishicha, Tomas Tuxelning shaxsan o'zi ushbu transferni maqullagan.
Ma'lumot uchun, Deklan va "bolg'achilar" o'rtasidagi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315