Rossiya grandi Niderlandiyadan futbolchi olib kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

“Feyenoord”ning turkiyalik yarim himoyachisi Orkun Kyokchu RPL klubiga o'tishi mumkin, deya xabar beradi "Galapost". Yarim himoyachiga Moskvaning TsSKA klubi qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Niderlandiya klubi yanvar oyida Kyokchuni qo'yib yuborishga tayyor. Futbolchiga shuningdek, "Fiorentina", "Roma" va "Atalanta" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi “Feyenoord” safida barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369