"Milan" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga 2026 yilning yoziga qadar 4,5 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilishga tayyor. 2024 yilgacha amal qiladigan amaldagi shartnomaga ko'ra, himoyachi 1,5 million evro oladi.
Joriy mavsumda Ernandes “Milan” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387