"Nyukasl"da ham noxush statistika
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

“Nyukasl” Angliya chempionati 19-turi doirasida “Manchester Yunayted”ni o'z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'yinning ettinchi daqiqasida "hakkalar" Alen Sen-Maksimenning sa'y-harakatlari evaziga hisobni ochishgan edi. Ammo yakunda Kavani tomonidan kiritilgan gol o'yinni durang natijasi bilan yakunlanishiga olib keldi.
"Nyukasl" bu mavsumda Premer-ligadagi birinchi bo'lib gol urgan to'qqizta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozongan. Shu tufayli jamoa 19 ochko yo'qotdi.
Ma'lumot uchun, kuzda Saudiya Arabistoni sarmoya jamg'armasi klubni 300 million funt sterlingga sotib olishga rozi bo'lgani ma'lum bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415