Jerrard "Aston Villa"ning yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

“Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Reynjers” yarim himoyachisi Glen Kamarani jamoada o'ynashni istamoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.
Manbaga ko'ra, finiyalik qishki transfer oynasida "sherlar" safiga qo'shilishi mumkin. Shotlandiya klubi Jerrardning yarim himoyachiga qiziqishidan xabardor va uni "Aston Villa"ga qo'yib yuborishga tayyor. Ingliz mutaxassisi Kamaraning imkoniyatlari bilan yaxshi tanish, chunki u avval “Reynjers” murabbiyi bo'lgan.
Kamara 2019 yildan beri “Reynjers” safida to'p tepmoqda, u “Dandi”dan 55 ming evro evaziga ko'chib o'tgan. O'yinchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 31 mayigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining bozor qiymati 6 million evroni tashkil qiladi.
Joriy Shotlandiya chempionatida Kamara 18 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
381