Rafinya ispan klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"PSJ" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara Ispaniyaga uchib ketdi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tdi. Yaqin orada u "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi ijara asosida "Real Sosedad"ga o'tadi.
Qayd etilishicha, ispan klubi yarim himoyachining maoshining bir qismini ijara muddati davomida to'lab beradi.
Joriy mavsumda Rafinya "PSJ" safida beshta o'yinda qatnashdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Yarim himoyachining parijliklar klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388