Diego Simeone Chempionlar ligasi finalidagi mag'lubiyatlarni esladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ga qarshi ikkita Chempionlar ligasi finalida - mos ravishda 2014 va 2016 yillarda mag'lubiyatga uchragan xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
"Milan finali (2016) men uchun og'riqli bo'ldi. O'yin oxiriga kelib biz jismonan va ruhiy jihatdan yaxshiroq edik, ammo penaltilar seriyasi bizni g'alabadan mahrum qildi.
Men har doim Chempionlar ligasida g'alabaga bizdan ko'ra yaqinroq bo'lish mumkinmi, deb o'ylab kelganman: biz birinchi finalda 93 daqiqada urilgan gol tufayli, ikkinchisida esa penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372