Ryudiger o'zining moliyaviy talablarini "Chelsi"ga ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Londonning "Chelsi" klubi o'z himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnomani uzaytirish borasida umidini uzgani yo'q.
Todofichajes nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 28 yoshli germaniyalik futbolchi yangi shartnomaga ko'ra, "Chelsi"dan yiliga 12 million evro maosh talab qilmoqda. Avvalroq, "Chelsi" futbolchiga bunday katta miqdorda maosh to'lamasligini bildirgandi.
Ryudigerning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi va futbolchi erkin agentga aylanadi.
Avvalroq, Ryudigerga "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388