U-23 Osiyo chempionati saralashi. Tojikiston Hindiston ustidan g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1675

Bugun 24 mart kuni Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Tojikiston terma jamoasi Hindistonga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, birinchi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Hindistonni 3:0 hisobida taslim etgandi.
Endi 26 mart kuni O'zbekiston Tojikiston bilan kuch sinashadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi. U-23 Osiyo chempionati saralashi 24 mart, «Paxtakor» stadioni Tojikiston – Hindiston 2:0 Gollar: Daler Yodgorov (30), Sharafjon Solihov (85).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299