Pogba qachon safga qaytadi? Rangnik javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani qachon maydonga qaytishi borasida fikr bildirdi.
«Hozir u mashg'ulotlarga qaytib, sport formasini yig'ib olishi kerak. O'ylaymanki, bu bir necha haftani talab qiladi. Ungacha esa men bor e'tiborimni qo'l ostimdagi mavjud futbolchilarga qarataman», – germaniyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «MYu» matbuot xizmati.
Pogba Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olib kelgandi. U noyabr oyidan beri maydonga tushmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430