"Navbahor": Yosh futbolchilar o'rtasida o'zaro o'yin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Bugun Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Yosh kuch” stadionida Alisher Mahmudov murabbiylik qilayotgan “Navbahor-U-21” yoshlar jamoasi Usmon Asqaraliev va A'zam Rajabbaev murabbiylik qilayotgan “Navbahor-U-18” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Mazkur bahsda har ikki jamoa murabbiylari bir qator yosh futbolchilarni sinovdan ham o'tkazib olishdi.
Ushbu o'yinni “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi klub rahbariyati, jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi bevosita stadionda kuzatishdi.
Mazkur nazorat-sinov bahsi gollarga boy tarzda kechib, unda darvozalarga 7 ta to'p kiritildi.
Manba: Navbahor klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423