"Lion" va "Parij" klublari Frantsiya Kubogidan chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Frantsiya Futbol Federatsiyasi ijroqo'mi mamlakat Kubogi 1/32 final bosqichidan o'rin olgan "Parij" — "Lion" jamoalari o'rtasida yakuniga etmay qolgan o'yin bo'yicha qaror qabul qildi.
Qarorga ko'ra, har ikki klubga ham mag'lubiyat yozildi va Frantsiya Kubogidan chetlatildi. "Nitstsa" klubi esa avtomatik ravishda 1/8 finalga yo'l oldi.
"Parij" klubi 10 ming evro, "Lion" esa 52 ming evro moliyaviy jarimaga tortildi. "Parij" stadioni 5 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilishdi, "Lion" muxlislariga esa mavsum oxirigacha safar o'yinlariga borish ta'qiqlandi.
Agar shunga holatlar yana takrorlansa, "Lion" klubi 2022/2023 yilgi Frantsiya Kubogi o'yinlaridan chetlashtiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
404