So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
FourFourTwo 2021 yilning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

FourFourTwo nashri 2021 yilning eng yaxshi 50 nafar murabbiylari reytingini e'lon qildi. «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola birinchi o'rinni egalladi.
«Shaharliklar» 2021 yilda Angliya premer-ligasi, Angliya liga kubogida g'olib chiqishdi hamda Evropa chempionlar ligasi finaligacha etib borishdi.
Ikkinchi o'rinni esa «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel egalladi. Germaniyalik mutaxassis o'z klubi bilan Evropa chempionlar ligasi va UEFA superkubogini qo'lga kiritdi. Uchinchi pog'onani esa «Liverpul» murabbiyi Yurgen Klopp band etdi.
FourFourTwo versiyasi bo'yicha 2021 yilning eng yaxshi murabbiylari reytingi (top-10)
1. Xosep Gvardiola («Manchester Siti»)
2. Tomas Tuxel («Chelsi»)
3. Yurgen Klopp («Liverpul»)
4. Antonio Konte («Inter» / «Tottenxem Xotspur»)
5. Xans-Diter Flik («Bavariya», Germaniya terma jamoasi)
6. Roberto Manchini (Italiya terma jamoasi),
7. Diego Simeone («Atletiko»)
8. Yulian Nagelsman («RB Leyptsig» / «Bavariya»)
9. Garet Sautgeyt (Angliya terma jamoasi)
10. Maurisio Pochettino («Pari Sen-Jermen).