"Milan" "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Atalanta" hujumchisi Luis Murielga "Milan" qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Corriere dello Sport.
"Rossonerlar" Zlatan Ibragimovich va Olive Jiruning tez-tez jarohatlanishidan xavotirda. Shu munosabat bilan italiyaliklar yanvar oyida yangi forvard bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi.
30 yoshli kolumbiyalik futbolchining «Atalanta» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Muriel barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390