Dzyudo federatsiyasi uchun kelgusi yildagi bosh vazifa nima?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

O'zbekiston dzyudo federatsiyasida viloyatlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Milliy olimpiy qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o'rinbosarlari Zafar Mamajonov, Bekzod To'raboev, federatsiya bosh kotibi Nodir G'oyibnazarov, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis ishtirok etdi.
Azizjon Kamilov murabbiylar bilan muloqot chog'ida yutuq va kamchiliklar, mavjud kamchiliklar, muammolar, ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi. 2022 yilda selektsiyaga yanada jiddiy e'tibor qaratilishi lozimligi aytildi. Selektsiya natijasida yangi nomlar kashf etiladi, bu esa o'z o'rnida terma jamoadagi raqobatning kuchayishiga zamin yaratadi.
Manba: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
416