Rafinya transferi bo'yicha barcha tafsilotlar ochiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«PSJ» yarimhimoyachisi Rafinya Alkantara bugun, 27 dekabr kuni Ispaniyaning «Real Sosedad» klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Braziliyalik yarimhimoyachi ijara asosida jamoaga kelib qo'shilishi kutilyapti. «Real Sosedad» futbolchining ijara muddati uchun maoshining bir qismini to'laydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano tvitterda xabar berdi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Rafinya 2020 yilning oktabr oyida «Barselona»dan 1,5 million evro evaziga frantsuz klubiga o'tgan edi.
Joriy mavsumda yarimhimoyachi Frantsiya 1-ligasining beshta o'yinida gol ura olmadi. Uning shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
424