"Barselona"ni ortiq bu futbolchilar qiziqtirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterling va "Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolash g'oyasidan voz kechdi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ferran Torres qishki transferlar vaqtida kataloniyaliklar klubiga kelib qo'shilgan hujum pozitsiyasidagi yagona yangi futbolchi bo'ladi.
Avvalroq, Torres Ispaniyaga tibbiy ko'rikdan o'tish va "Barselona" bilan shartnoma imzolash uchun uchib ketgani haqida xabar berilgandi. Forvard joriy mavsum “Manchester Siti” safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423