Harbiy dzyudochilarimiz taqdirlanishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Xabaringiz bor, yaqinda Frantsiyada harbiylar o'rtasidagi 40-Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan va yakunda 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi. Erkaklar terma jamoamiz esa jamoaviy bahslarda bronza medaliga ega chiqqandi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati tarixiy natija qayd etgan dzyudochilarimizni taqdirladi. Marosimda MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining va O'zbekiston dzyudo federatsiyasi raisining o'rinbosari Alisher Narbaev ishtirok etdi.
Mutasaddilar harbiy dzyudochilarimizni qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatida omad tilashdi va esdalik sovg'alarini topshirishdi.
Manba: Olympic.uz

Bosh sahifaga
418