Barcha qarzlar Ronaldoning bo'ynida!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Braziliyaning «Kruzeyro» klubi prezidenti Serxio Santos Rodriges jamoaning FIFA oldidagi 7,7 million evro qarzi haqida gapirib o'tdi, bu qarzni «Kruzeyro»ning yangi xo'jayini, braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldu to'laydi.
«Ronaldu barcha qarzlarni to'laydi. Nazariy jihatdan, u uyushmaga tegishli, lekin to'lanishi kerak, aks holda futbol o'ynash mumkin bo'lmaydi.
Kelgusi yil Rodrigino bilan shartnoma imzolash uchun bizda katta xarajatlar bo'ladi. Ronaldu va men FIFA tomonidan maoshlar kechiktirilmasdan va sanktsiyalarsiz to'lanilishini kafolatlamoqchimiz», - deya Rodrigesning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, shu oy Ronaldu Kruzeyroning 90% aktsiyasini 62,5 million evroga sotib olgan edi.

Bosh sahifaga
400