So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Nyukasl" transfer bozorida hamma narsani pul bilan hal qilib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Frantsiyaning "Marsel" klubini 22 yoshli yarim himoyachisi Bubakar Kamaraga qiziqish bildirayotgan jamoalar soni ortib bormoqda.
Futbolchining kelasi yilni yozida jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi. Shu bois, klub rahbariyati uni yanvar oyida qo'yib yuborishga qaror qilganligi sababli, bu Evropaning ko'plab klublarida qiziqish uyg'otdi.
Frantsiyalik futbolchining avvalroq «Manchester Yunayted» yoki «Milan» klublariga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi, endi bo'lsa uning uchun kurashga «Nyukasl» klubi ham qo'shilganligi haqida The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Xabarda aytilishicha, «qarg'alar» Kamaraga moliyaviy tarafdan boshqa klublarga qaraganda foydaliroq taklif yuborishmoqda.
Joriy mavsum Kamara «Marsel» tarkibida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi.