So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Konte "Tottenxem" va "Chelsi" o'rtasidagi taqqoslashni yoqtirmasligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte o'z qo'l ostida APLda 2016/17 yilgi mavsumda g'olib chiqqan "Chelsi" bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi.
“Menga bunday parallellik kiritish yoqmaydi, chunki vaziyat juda boshqacha. Men “Chelsi”ni mavsum boshidan boshqarib kelaman, mavsum boshidan ishlay boshlagach, futbolchilaringiz bilan ishlash va ular haqida qaror qabul qilish imkoniga ega bo'lasiz. Ular bir xil narsa emas. Albatta, “Tottenxem” kuchliroq bo'lish uchun o'ziga bo'lgan ishonchdan foydalanib, rivojlanishda davom etishi kerak. Oldinda bizni juda ko'p ishlar kutayotganini yaxshi tushunamiz”.
Joriy mavsumda Premer-liganing 16 o'yinidan so'ng "Tottenxem" 29 ochko to'pladi va turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.