So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Chelsi" sardori Premer-liga rahbariyatidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta Angliya Premer-ligasidagi o'yinlar qoldirilishi bilan bog'liq vaziyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinlarga tayyorgarlik ko'rish qiyinlashdi. Endi biz nafaqat jarohatlar, balki koronavirusga ham duch keldik. Klublar va liga barcha uchun xavfsiz muhit yaratishga harakat qilmoqda, ammo oxirgi paytlarda bizda juda ko'p yo'qotishlar bo'ldi.
Biz bularning barchasini boshdan kechirdik va bizga aytilganini qildik. Lekin o'ylaymanki, ba'zi o'yinlar keyinga qoldirilgan, boshqalari esa qoldirilmagan mezonlar mutlaqo tushunarsiz. Bizga to'liq ma'lumot berilmagan va achinarlisi, ba'zi jamoalar bitta vaziyatga tushib qolgan, qolganlari esa boshqa vaziyatda", - deya iqtibos keltiradi ispaniyalikning so'zlaridan klub rasmiy sayti.