London klubi "Nyukasl" qiziqayotgan futbolchini tortib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Byornli" himoyachisi Jeyms Tarkovski klubini o'zgartirishi mumkin. Angliyalik futbolchining xizmatlariga "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda, deya "The Sun" nashri xabar berdi.
29 yoshli himoyachining klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun taxminiy xaridor uni ancha arzon narxda sotib olishi mumkin. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Tarkovski bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397