Angliya terma jamoasi himoyasi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank o'z jamoasi futbolchisini terma jamoaga chaqirilishi kerak deb hisoblaydi. U qanot himoyachisi Riko Genri haqida shunday deydi:
"Menimcha, Riko Angliya terma jamoasi uchun juda ham mos futbolchi. Men terma jamoadagi mutasaddilar uning borligidan ogoh bo'lishi kerak deb hisoblayman. Riko bir necha o'yinlardan beri hayratlanarli barqarorlik ko'rsatmoqda. U shunday o'sishni davom etsa, Angliya terma jamoasida o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Chunki qanot himoyachilari doim ham topilavermaydi. Men uning birga-bir holatlardagi harakatlariga qoyil qolaman. Rikoning kelajagi porloq".
"Brentford" kecha "Brayton" bilan bahsda 2-0 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
404