Arteta: "Bayram kunlari yuqori saviyada o'ynash kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Norvich" (5:0) ustidan APL doirasida qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Bu juda yaxshi natija. Bayram kunlari yuqori saviyada o'yin namoyish etish kerak. Biz juda o'tkir va maqsadli ko'rindik. Bu biz uchun katta yutuq. O'yindan qoniqdim. Yuzaga keltirayotgan vaziyatlarimizning soni ko'paygani xursand qilmoqda. Raqibni o'z o'yinimizga moslashtirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishlarni amalga oshiryapmiz. Bugun yaxshi misol bo'ldi", - Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395