Lukas: "O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Lukas Moura APLning 19-turida "Kristal Pelas" (3:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun juda baxtiyorman. Bu kun - men va oilam uchun muhim kun bo'ldi. Juda muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bu juda chiroyli futbol bo'ldi. Biz o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. Biz shu yo'ldan ketishimiz kerak. Chempionatdagi pozitsiyamiz? Yomonmas. Oldinda ko'plab uchrashuvlar bor. Biz bosqichma-bosqich barchasini amalga oshiramiz", - dedi braziliyalik futbolchi VVS bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389