"Real" ortiq bu yulduzga qiziqmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning jamoadagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Yarim himoyachining “qizil iblislar” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" endi frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi emas. Qayd etilishicha, "qirollik klubi" Pogbani hatto tekinga ham o'z safiga qo'shib olmaydi.
Avvalroq, futbolchini erkin agent sifatida PSJ va Turinning "Yuventus" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Premer-ligada Pogba 9 o'yin o'tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391