"Atalanta" futbolchisi uchun kurashga yana ikki klub qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

“Atalanta”ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksey Miranchukga xorijning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla o'z sahifasida ma'lum qildi. Bu klublar nomi aniqlanmagan. Avvalroq 26 yoshli rossiyalik futbolchiga Italiyaning “Jenoa” va “Verona” klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Miranchuk Italiya klubi safida barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 13,5 million evroga baholamoqda.
Miranchukning Bergamo klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398