Urugvay terma jamoasini boshqarishga yana bir nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga Diego Agirre favorit hisoblanadi. U bilan allaqachon dastlabki kelishuvga erishilgan. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, shartnoma 2024 yilgacha imzolanadi.
Dekabr oyi o'rtalarida Agirre "Internasional" bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.
Yakunlangan mavsumda "Internasional" Braziliya chempionatida 12-o'rinni egalladi. Shuningdek, uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning dekabrida yakuniga etgan.
Avvalroq Oskar Tabares Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan edi. Mutaxassis jamoani 15 yil davomida boshqardi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394