«Real» yanvar oyida 5 futbolchini sotishga harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Real" rahbariyati yanvar oyida ba'zi futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri bosh muharriri Xose Feliks Dias xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" qishda Garet Beyl va Iskoni sotib yubormoqchi. Ushbu reja Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan kelishildi. Bu ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyida yakuniga etadi.
Bundan tashqari, rahbariyat qaror qabul qilishni joriy mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Marseloning ixtiyoriga havola qilishdi. Chunki, jamoa braziliyalik futbolchini hurmat qiladi.
Shuningdek, klub Mariano Dias, Luka Yovich va Eden Azar borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388