Vlaxovich qaysi jamoaga o'tishni istayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich yanvar oyida, katta ehtimol bilan, o'z jamoasini tark etmaydi.
"Sky Sport Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, serbiyalik futbolchi joriy mavsumda A seriya to'purariga aylanishni hamda "Fiorentina" bilan evrokuboklar yo'llanmasini qo'lga kiritishni istamoqda.
Manbaga ko'ra, "Fiorentina" Vlaxovichni 70 million evrodan kamiga sotmaydi. Futbolchining o'zi esa faoliyatini "Real"da davom ettirishni istamoqda. Ammo "Qirollik klubi" hozircha Dushanga qiziqish bildirmadi.
"Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublari Vlaxovichga ko'z tikishmoqda. Bir oydan so'ng 22 yoshga to'ladigan futbolchi Evropa chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurash olib boradigan jamoani tanlamoqchi. Vlaxovich joriy mavsumda 22ta o'yinda ishtirok etib, 18ta gol va 2ta assist muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
386