"Barselona" Messidan foydalanishda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

"Barselona" jamoa sobiq hujumchisi Lionel Messiga tegishli mahsulotlarni sotishda davom etmoqda, deya xabar beradi "AS".
Yuqoridagi manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubining rasmiy do'konida 34 yoshli argentinalik futbolchining asl dastxati tushirilgan formani 1170 evroga, 643,5 evroga esa hujumchi imzosi tushirilgan sardorlik bog'ichini xarid qilish mumkin. .
Eslatib o'tamiz, yozda "Barselona" og'ir iqtisodiy vaziyat tufayli Messi bilan shartnomani uzaytira olmadi va u erkin agent sifatida PSJga o'tdi.
Messi joriy mavsum frantsuz grandi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390