De Ligt oldida uch grand klubdan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtga "Tottenxem", "Barselona" va PSJ qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato.com.
Manba bergan xabarga ko'ra, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchining agenti Mino Rayolaning mijozi yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkinligi haqida aytgan so'nggi so'zlari "Yuventus" rahbarlarini bezovta qilib qo'ygan.
Turin klubi himoyachini qo'yib yubormoqchi emas. Ma'lumot uchun, De Ligt klubdagi eng yuqori maosh oladigan o'yinchi hisoblanadi - 12 million evro. Shu bilan birga, turinliklar himoyachining transferi uchun "Ayaks"ga 75 million evrodan 30 millionini haligacha to'lamagan.
Joriy mavsumda himoyachi “Yuventus” safida 20ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
390