Manba: "Real" "Chelsi" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Antonio Ryudigerning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Tomonlar bitimni uzaytirish borasida bir to'htamga kela olishmadi. Shu tariqa, 28 yoshli germaniyalik futbolchi kelasi yilning yozida erkin agentga aylanadi.
Italiyalik jurnalist Rudi Galettining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi Ryudiger bilan dastlabki shartnomani imzolash arafasida turibdi.
Xabarda yozilishicha, "Qirollik klubi" germaniyalik futbolchiga yiliga 12 million evro maosh taklif qilgan, o'z navbatida Ryudigerni bu taklif qoniqtirgan. Shartnomaning boshqa detallari hozircha ochiqlanmayapti.
Joriy mavsum Ryudiger "Chelsi" tarkibida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 4 ta golga hammualliflik qildi.

Bosh sahifaga
286