Saloh Afrika Kubogi doirasida Misr terma jamoasi ixtiyoriga kechroq borishiga ruxsat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchisi Muhammad Salohga Misr Futbol Federatsiyasi Afrika Kubogiga biroz kechroq kelishiga ruxsat berdi.
FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchilar Afrika Kubogi boshlanishiga 13 kun qolganida, ya'ni 27 dekabr kuni o'z terma jamoalari ixtiyoriga etib borishlari shart.
Daily Mirror nashrining yozishiga qaraganda, "Liverpul" Misr Futbol Federatsiyasi bilan muzokara olib borgan va misrliklar Salohga "Liverpul"ning 28 dekabr kuni safarda "Lester" bilan, 2 yanvar kuni esa "Chelsi" bilan "Stemford Bridj"da bo'lib o'tadigan o'yinlarini o'tkazishiga ruxsat bergan.
"Liverpul" Sadio Mane va Nabi Keytalar borasida ham muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370