Xau: "Vaqt "Nyukasl"ning zarariga ishlamoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Angliyaning "Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Eddi Xau "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'ladigan o'yindan avvalgi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Shubhasiz, "Nyukasl" APLda qolishga qodir jamoa. Hisobimizda etarlicha o'yinlar bor, tarkibimizda etarlicha iqtidorlar bor. Biroq, vaqt bizga qarshi ishlamoqda. Biz o'yinlarda behuda sarf qila olmaymiz. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Biz g'alaba qozona olmagan har bir o'yin o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishishimizni qiyinlashtiradi.
"MYu"ga qarshi bahs? Ralf Rangnik madaniyatni o'zgartirgan va ko'plab yangi g'oyalarni olib kelgan murabbiylardan biri. Bir yil davomida 1-2 marta gaplashsakda, uni qattiq hurmat qilishga arziyligan inson", — Xauning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Manchester Evening News.

Bosh sahifaga
353