"Zenit" Azmun uchun ko'proq pul talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Zenit" va "Lion" Sankt-Peterburg jamoasi hujumchisi Serdar Azmunning transferi borasida kelisha olmayapti, deb yozadi jurnalist Sebastyan Denis.
Manba bergan xabarga ko'ra, 26 yoshli eronlik futbolchi frantsuz klubi bilan 4,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan bo'lsa-da, u haligacha "Lion"dan uzoqda.
Qayd etilishicha, "Zenit" Azmun uchun 3 million evrodan ko'proq talab qilmoqda, chunki ular hujumchiga "Nyukasl" dan qiziqish borligini bilishadi.
Joriy mavsumda Azmun "Zenit" safida 21 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining Peterburg klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356