"Barselona" futbolchisi klubdan maoshini ko'tarishlarini so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

"Ko'k-anorranglilar"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo jamoada olayotgan maoshidan norozi.
"Sport" nashrining ma'lum qilishicha, Arauxo klubda qolish uchun rahbariyatdan oyligini oshirishini talab qilmoqda. Bugungi kunda u boshqa himoyachilar Jerar Pike, Erik Garsiya, Kleman Langle va Samuel Umtitidan ko'ra ancha kam maosh oladi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchiga ayni damda Premer-liganing bir qator grandlart qiziqish bildirmoqda va unga o'zi istagan maoshni berishga tayyor. Ammo Arauxoning ustuvor vazifasi klubda faoliyatini davom ettirish.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354