Mata «MYu» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 592
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi, rahbariyat unga bir yillik shartnoma taklif qilganidan norozi bo'lgan.
Xabarlarga qaraganda, agarda “MYu” Mataga uzoq yillik shartnoma taklif qilsa ispaniyalik futbolchi ushbu taklifni o'ylab ko'rishga qarshi emas.
Ma'lumotlarga qaraganda, joriy mavsum 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!