Yosh short-trekchimiz mintaqalararo o'tkazilgan musobaqada g'olib bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Avvalgi materiallarimizda Rossiya Federatsiyasida doimiy mashg'ulot olib boradigan yosh short-trekchilarimiz haqida xabar bergan edik. Ular ushbu hafta o'z yosh toifalarida o'tkazilgan navbatdagi musobaqada g'alaba qozonishdi.
Tver shahrida o'tgan “Yosh yuguruvchi” mintaqalararo musobaqasida qatnashgan Alimardon Mahmudov 4 yo'nalishda g'alaba qozondi. Yosh sportchimiz 222, 333, 500 va 2000 metr masofalarga kechgan bahsda o'z tengqurlari orasida (11 yosh) marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi.
Ma'lumot uchun, Alimardonning ukasi Alisher Mahmudov ham u bilan birgalikda mashg'ulot olib boradi. Yosh short-trekchilarimizning kelgusi faoliyatida ham ularga omad tilab qolamiz.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378