"Bu holat xuddi tushga o'xshaydi" — Jek Grilish
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilish EChL haiqda fikr bildirdi. U intervyusida shunday deydi:
"Chempionlar ligasida to'p surish, APLdagidan mutlaqo farq qiladi. Men "Man Siti"ga o'tmagunimcha, Evropa sahnida umuman o'ynamagan edim. Ammo buni juda istar edim. Ha, EChL bahsida maydonga chiqish va turnir madhiyasini tinglash insonga o'zgacha zavq beradi. Bu holat xuddi tushga o'xshaydi. Shu sabab ba'zida o'zimni chimchib ko'raman (kuladi). EChL bosh sovrini bu jamoadagi har bir futbolchining eng katta orzusidir".
Eslatib o'tamiz, "Man Siti" bugun "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379