"MYu" hujumchisi jamoasining holati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"MYu" futbolchisi Markuz Reshford jamoasining holati haqida gapirdi. U "Nyukasl"ga qarshi bahs oldidan shunday deydi:
"Biz hafta davomida yana safga qaytdik. Hozirda asosiy tarkib vakillari mashg'ulotlarga kirishdi. Hammaning kayfiyati yaxshi va o'yin uchun jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Biz o'z o'yinlarimiz qoldirilgani sabab xafa bo'lgandik. Ammo hozir hammasi ortda qoldi. Hozirgi vazifamiz esa oldimizda turgan bahs haqida o'ylab, unga tayyor holda etib borish. Agar bayram arafidagi bahslarni yaxshi darajada o'tkaza olsak, o'ylaymanki, qolgan davr ham shunday yaxshi bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, "MYu" hozirda 6 pog'onada joylashgan. "Manchester Siti" bilan oradagi farq 17 ochkoni tashkil etmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376